Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Alyaskada F-35 qiruvchi samolyoti qulab tushdi (video)

Olam

image

AQSHning F-35 qiruvchi samolyoti Alyaska shtatida halokatga uchradi. Bu haqda “Anchorage Daily News” xabar berdi.

“Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda uchuvchi sharoitni baholab, samolyotni shunday boshqarganki, u Eyson harbiy-havo bazasining uchish-qo‘nish yo‘lagiga qulagan. Uchuvchi xavfsiz holatda va keyingi tibbiy tekshiruvlar uchun Bassett harbiy gospitaliga yetkazildi”, deyiladi AQSH Harbiy-havo kuchlarining 354-qiruvchi aviapolki xabarida.

Harbiy-havo bazasi qo‘mondonligi ushbu avariya sabablari va kelajakda bunday hodisalar xavfini kamaytirish bo‘yicha tergov boshlanganini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, F-35 – beshinchi avlod supersonik qiruvchi samolyot bo‘lib, uning narxi 81 million dollarni tashkil etadi. U F-16 Fighting Falcon va A-10 Thunderbolt II samolyotlarining o‘rnini egallash uchun ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron g‘arbida mamlakat Qurolli kuchlari qiruvchisi halokatga uchragan edi. Hodisa mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan. Samolyotni boshqarayotgan uchuvchilar havoda samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Alyaska F-35 qiruvchi samolyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing