Alvido, “Mriya”. Rossiya kuchlari dunyoning eng katta yagona nusxadagi samolyotini yo‘q qildi
Olam
−
28 fevral 2022
50512Ukrainaning "Ukroboronprom" konserni An-225 "Mriya" ("Orzu") havo kemasi Rossiyaning hujumi oqibatida yo‘q qilinganini e’lon qildi. Bu Kiyev yaqinidagi Gostomel aeroportida sodir bo‘lgani aytilmoqda. Tegishli xabar kecha, 27 fevral kuni konsernning Facebook’ida e’lon qilindi.
"Ukraina aviatsiyasining flagmani afsonaviy An-225 “Mriya” yo‘q qilindi. Bu, samolyot joylashgan Kiyev yaqinidagi Gostomeldagi Antonov aeroportida sodir bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Konsernning qayd etishicha, samolyotni rekonstruksiya qilish uchun “taxminan 3 milliard dollar va besh yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi”.
An-225 "Mriya" – bu qo‘shimcha katta yukka ega bo‘lgan og‘ir uzoq masofali turbojetli transport samolyoti. U 1980 yillarda ishlab chiqarilgan. Dunyodagi eng katta va eng og‘ir yuk samolyoti sanalar edi.
An-225 "Mriya"ning birinchi parvozi 1988 yil 21 dekabrda amalga oshirilgan, u 1989 yildan beri amalda. Faqat bitta nusxasi ishlab chiqarilgan, ikkinchisi esa tugallanmagan.
LiveBarchasi