Alveshning “Barselona”dagi “choy puli” ma’lum
Sport
−
19 noyabr 2021
6939Ispaniyaning “Barselona” klubi bilan shartnoma imzolagan braziliyalik Dani Alveshning maoshi arzimagan summadan iborat bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“La Vanguardia” va “Marca” nashrlarining yozishicha, braziliyalik futbolchi yiliga 155 ming yevro ishlab oladi. Bu La ligada faoliyat yurituvchi professional futbolchiga to‘lash mumkin bo‘lgan eng kam miqdordagi maosh hisoblanadi.
Alveshning past maoshiga “Barselona”ning ish haqi fondida bo‘sh joy yo‘qligi ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu cheklov Xavi jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin La liga tomonidan joriy etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli futbolchi bir necha oydan buyon jamoasiz edi va erkin agent sifatida Kataloniya klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Dani Alvesh futbol tarixida eng ko‘p jamoaviy sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. U Braziliya terma jamoasi “Sevilya”, “Barselona”, “Yuventus” va PSJ safida 41 ta musobaqada g‘olib bo‘lgan.