Alves “Barselona” afsonalari safiga qaytdi

Sport

image

Avvalroq, 40 yoshli braziliyalik futbolchi Dani Alves nomi “Barselona” futbol klubi saytining afsonalar bo‘limidan olib tashlanganligi xabar qilingandi. Bu xabardan biroz vaqt o‘tgach, futbolchining profili klub afsonalari bo‘limiga qaytarilgan. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri ma’lum qildi.

22 fevral kuni Dani Alves Barselona tungi klubida sodir etilgan zo‘ravonlikda ayblanib, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Futbolchi tomoni bu hukm ustidan apellyatsiya berishini ma’lum qilgan.

Dani Alves 2008 yildan 2016 yilgacha va 2021 yildan 2022 yilgacha “Barselona”da o‘ynagan. U Kataloniya klubi safida jami 408 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urgan va 105 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Alves tarixdagi eng ko‘p mukofot olgan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. U klub safida 43 ta kubokni qo‘lga kiritgan va bu borada “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messidan 1 ta kam sovrin yutgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Dani Alves

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made