Alves “Barselona” afsonalari qatoridan chiqarib yuborildi

Sport

image

Braziliyalik sobiq qanot himoyachisi Dani Alves endi “Barselona” afsonalari qatorida tilga olinmaydi. Bu haqda “Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” sobiq futbolchi  4,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan so‘ng, uni o‘z afsonalari ro‘yxatidan o‘chirgan. 40 yoshli futbolchi Barselonadagi “Sutton” tungi klubida 23 yoshli qizni zo‘rlaganlikda ayblanib, hibsga olindi.

Qayd etish joiz, “Barselona”da 102 nafar futbolchi afsona maqomiga ega. Bu nomga ega bo‘lgan so‘nggi futbolchilar Jordi Alba, Serxio Buskets va Jerar Pike hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” tarkibida Alves 6 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, mamlakat kubogi va superkubogini qo‘lga kiritdi. Braziliya terma jamoasi bilan himoyachi ikki marta Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Dani Alves

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing