Alonso yangi mavsumda “Liverpul”ni boshqarishi mumkin
Sport
−
10:49 579 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi, ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng “Liverpul” bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda OK Diario nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Alonso va ingliz klubi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha og‘zaki kelishuv mavjud. Tomonlar uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Kelishuvning amalga oshishi “Liverpul”ning amaldagi bosh murabbiyi Arne Slot qo‘l ostidagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, agar mersisaydliklar bu mavsum UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, kelishuv bekor qilinishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Liverpul” vakillari va Alonsoning yaqinlari o‘rtasidagi dastlabki norasmiy aloqalar noyabr oyining oxirida boshlangan. O‘sha paytda jamoa natijalari sabab Arne Slot bosim ostida qolgan edi. Shundan so‘ng “Enfild” klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni keyingi mavsum uchun jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso joriy yil yanvar o‘rtalarida klubdagi ilk mavsumdayoq “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilgan edi.
Live
Barchasi