Alonso kelajagi borasida bir qarorga keldi
Sport
−
15 noyabr
2320“Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso nemis klubidan ketishga qaror qildi. Bu haqda “Eurosport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yosh mutaxassis leverkuzenliklar jamoasining bir qancha o‘yinchilariga klubdan ketishi haqida ma’lum qilgan. Alonso mavsum oxirida faoliyatidagi navbatdagi qadamni tashlamoqchi.
“Barcha yo‘llar Madridga olib boradi”, deyiladi xabarda.
Biroq “Real” Alonso uchun yagona variant emas. Vensan Kompani boshchiligidagi mavsum natijasi qoniqarsiz deb topilsa, Xabi “Bavariya”ni ham boshqarishi mumkin.
Qayd etish joiz, Xabi Alonso avval ham “Real”, ham “Bavariya”da futbolchi sifatida to‘p surgan.