Alonso iste’fosining tafsilotlari ochiqlandi

Sport

image

“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘zining lavozimidan ozod etilishini asossiz va xato qaror deb hisoblaydi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Real Madrid” Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘linganidan so‘ng Alonso klubning mashg‘ulot bazasiga taklif etilgan. U yerda Alonso jamoaning bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan uchrashgan va aynan shu suhbat davomida klub bilan hamkorlik yakunlanayotgani haqida xabardor qilingan.

Manbaga ko‘ra, Alonso bu qarorga qat’iyan rozi bo‘lmaganini bildirgan hamda uni adolatsiz va noto‘g‘ri deb atagan. Mutaxassis o‘zining iste’foga chiqarilishini klub ichida mavjud bo‘lgan “galaktik hokimiyat madaniyati” bilan bog‘lagan.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 2025 yil 1 iyun kuni “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U ishdan bo‘shatilgan paytda jamoa La Ligada ikkinchi, UEFA Chempionlar ligasida esa yettinchi o‘rinni egallab turgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabi Alonso “Real Madrid”ni tark etganidan so‘ng Londonning “Tottenxem” klubni boshqarish bo‘yicha taklif olganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi Xose Anxel' Sanches

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing