“Prezident komandasi”da bo‘lgan Sirdaryo hokimi “City”lar haqida gapirdi
Jamiyat
−
21 iyun 2019
7968Bugungi kunda O‘zbekistonda odamlar leksikoniga ikkita yangi tushuncha “City” va “Prezident komandasi” kirib keldi, deydi Sirdaryo viloyati hokimi G‘afurjon Mirzayev Senat yalpi majlisidagi nutqida.
Xabaringiz bor, bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi Yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashining faoliyatiga doir hisoboti tinglandi.
Hokim G‘afurjon Mirzayev o‘z boshqaruvidagi hududda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida gapira turib, “City” tushunchasi tilimizga kirib kelganini qayd etib o‘tdi.
“O‘zbekistonda “City” degan yangi bir atama paydo bo‘lgan. “Guliston City” va “Xovos city” qurilishining boshlanishi bunga misol bo‘la oladi. Xovosga 40 yildan beri hech kim e’tibor bermagan. Bugun esa yangi shahar barpo etilyapti”, dedi G‘afurjon Mirzayev.
Hokim nutqi davomida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni ayta turib, o‘zbek tiliga kirib kelgan yana bir leksikon haqida gapridi.
“Prezidentimiz bizning oldimizga qo‘ygan vazifalarni sirdaryoliklar bilan birga amalga oshiramiz. O‘ylaymanki, ertangi kunga bizning rejalarimiz bor. Biz bitta komandamiz. Leksikonimizga yangi so‘z kirib kelgan, u ham bo‘lsa “Prezident komandasi”. Tarmoq kompaniya rahbarlari, bu yerda o‘tirganlar ham, barchamiz “Prezident komandasimiz. Birgalikda bir yoqadan bosh chiqarsak, hamma ishlarni amalga oshirsak, natijaga tezroq yetamiz”, deb o‘z nutqini tamomladi hokim.
Ma’lumot uchun, Senatning 20-yalpi majlisida jami 17 masala ko‘rilidi. Shundan 7 tasi qonun loyihalari bo‘lib, ularning bari qabul qilindi.
LiveBarchasi