Allo, gospodin Prezident! S dnem rojdeniya

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Vladimir Putin O‘zbekiston rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Keyingi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki tomonlama aloqalar aniq mazmun bilan boyigani ta’kidlandi.

Hukumatlararo institutlar samarali faoliyat yuritmoqda, tovar ayirboshlash hajmi izchil ortmoqda, Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya hududlarining amaliy hamkorligi faollashdi. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda almashinuvlar borasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarga doir va xalqaro ahamiyaga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar hamda bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatlar xalqlarining ravnaqi yo‘lida, butun Markaziy Osiyo barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli sheriklikni yanada rivojlantirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqladilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing