Allamjonov va Mirziyoyeva o‘tirgan samolyot Samarqandga qo‘nolmay, ortiga qaytdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 mart kuni Samarqand shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda II Markaziy Osiyo sudyalar muloqoti boshlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Tadbir rejalashtirilgandan biroz boshqacharoq tartibda boshlandi. Gap shundaki, Xalqaro anjumanni YeXHTning OAV erkiniligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir va Milliy mass-mediani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik fondi Vasiylik kengashining raisi Komil Allamjonov ochib berishi rejalashtirilgandi. 

Biroq Komil Allamjonov va jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva samolyoti noqulay ob-havo sababli Samarqand aeroportiga qo‘na olmay, Toshkentga qaytib ketdi. Ular endilikda quruqlik orqali yo‘lga chiqishdi.

Tadbirda YeXHT mintaqasi va Markaziy Osiyo davlatlaridan 40 dan ziyod yuqori malakali ekspert-mutaxassislar, yurist-huquqshunoslar, sudyalar ishtirok etyapti.

Shuningdek, tadbirda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, Oliy sud raisi o‘rinbosari Baxtiyor Isakov, chet ellik mutaxassislar ham so‘zga chiqishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

1532

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing