Allamjonov odamlarni vahima qilmaslikka chaqirmoqda

Intervyu

image

Agar O‘zbekistonda yana koronavirus infeksiyasi avj olib, kasallanganlar soni ortgan taqdirda ham vahimaga tushmaslik kerak. Chunki, o‘tgan yili vahimaning o‘zi ham tizimni “paralich” holatiga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov kecha, 15 mart kuni QALAMPIR.UZ’ning #CoronaMarafoni jonli muloqotida ma’lum qildi. 

“Odamlar birdan vahimaga tushib, kasallik avj olib, hamma tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishni boshladi. Oqibatda haqiqatan tez yordamga muhtoj bo‘lgan odamlar vaqtida muolaja ololmay qoldi. Xotirjamlik bilan kasallikni yengmasak, qiynalamiz. O‘tgan vaqt davomida hammamiz kasallikning xarakterini, uning organizmimizda ko‘rsatadigan hunarlarini tushunib qoldik. To‘g‘ri, kasallik ikkinchi va uchinchi marta avj olishi yomon holat. Lekin biz u bilan maksimal darajada kurashib, uning oldini olmasak, vahima bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi”, deydi Komil Allamjonov.

U so‘zida davom etarkan, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin davrida huquq-tartibot organlari va kuch ishlatar tuzilmalar qatorida OAV ham bir safda turib xizmat qilgani, jurnalist va blogerlar ham hayotini xavf ostiga qo‘yib, xalq salomatligi va farovonligi uchun mehnat qilganini, biroq bu mehnat e’tibordan chetdan qolganini alohida urg‘uladi.  

“Hozir kimgadir rahmat yo kimgadir la’nat deyish xato bo‘ladi. Bu yangi kasallik edi. Kush ishlatar tuzilmalardan tortib shifokorlargacha, hamma qo‘lidan kelganicha harakat qildi”, deydi Allamjonov. 

Suhbatning video shaklini tez oradi YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Komil Allamjonov

Baholaganlar

462

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing