Alla Pugachyova Gorbachyov bilan vidolashuv marosimiga keldi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 3 sentyabr kuni Moskvadagi Kasaba uyushmalari uyida Sovet Ittifoqining birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyov bilan vidolashuv marosimi davom etmoqda.

Davlat arbobini so‘nggi manzilga kuzatish marosimiga yarim yildan buyon xorijda yashagan Alla Pugachyova teleboshlovchi Dmitriy Kiselyov va “Yabloko” partiyasi yetakchisi Grigoriy Yavlinskiy, AQSHning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan kelishgan.

Rossiya OAVning e’tiborini primadonna tortgan, u siyosatchining tobutiga guldastasini qo‘yib, marhumning yaqinlariga hamdardlik izhor qilgan va tobut yoniga qaytib, marhumga bir nechta iboralarni aytgan.

Garbachyov bilan xayrlashish uchun kelgan “Yabloko” partiyasi asoschisi Grigoriy Yavlinskiy boshqa taniqli shaxslardan farqli o‘laroq binoning qo‘shimcha eshigidan foydalanmagan va zalga boshqalar bilan birga asosiy eshikdan kirgan.

Avvalroq xabar berganimizdek, bugungi marosimga Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham kelgan

Ma’lumot o‘rnida, Alla Pugachyova 1991 yilning 20 dekabr kuni “SSSR xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan (SSSR rasman tugatilishidan 6 kun avval) va ushbu farmonga SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Garbachyov imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 91 yoshida vafot etdi

Gorbachyov shu bugun Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga, turmush o‘rtog‘i yoniga dafn etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing