Alla Pugachyova ham Galkinning ortidan jo‘nab qoldi

Madaniyat-san’at

image

Taniqli rossiyalik xonanda Alla Pugacheva farzandlari Liza va Garri bilan Isroilni tark etdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, xonanda va farzandlari Isroilni tark etishda Kipr pasportidan foydalangan. Shuningdek, ular kelgusi yilni ham Kiprda o‘tkazishi mumkin. Chunki xonandaning ushbu mamlakatda ham uyi bor. U 2017 yilda ikki million dollardan ko‘proq pul evaziga dengiz qirg‘og‘idan villa sotib olgan. Shundan so‘ng, unga va farzandlari Liza va Garriga avtomatik ravishda ushbu mamlakat fuqaroligi berilgan. 

Xonandaning Isroilni tark etishiga uning ancha qarib qolgani va sog‘lig‘ida muammolar borligi ham sabab bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Alla Pugachyova va xonandaning turmush o‘rtog‘i, hajvchi Maksim Galkin farzandlari bilan 2022 yil oktyabr oyida Rossiyadan Isroilga uchib kelgan va bir yildan buyon shu yerda yashayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Galkin Isroil-Hamas to‘qnashuvlari sabab mamlakatdan qochib qolmaslikka vada bergandi. Ammo 19 oktyabr kuni konsert gastroli doirasida Isroilni tark etgani va Kiprga kelganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Kipr Isroil Alla Pugachyova Galkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing