Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va sotib olish yoshi oshirilyapti
Jamiyat
−
30 Oktabr 2020
8783O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish va sotib olishning minimal yoshini 21 yosh qilib belgilash taklif qilinyapti. “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Alkogol va tamaki mahsulotlari realizatsiyasining minimal yoshi o‘zgartirilmoqda.
Unga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga, yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan:
• har qanday usulda alkogol va tamaki mahsulotlari narxidan chegirmalar qilish, shu jumladan aksiyalar, lotoreyalar, arzonlashtiruvchi kuponlar va talonlardan foydalanish (ishlatish) orqali;
• sayyor (tashib yetkazib berish) va tarqatish (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida va boshqa har qanday usulda) yo‘li bilan, masofaviy usulda, shu jumladan har qanday yetkazib berish yo‘li bilan;
• savdo ob’ekti bo‘lmagan joylarda;
• bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlariga o‘xshatib ishlanganda;
• sog‘liqni saqlash tizimi, ta’lim, sport muassasalari va diniy muassasalardan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikki yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo ob’ektlari tomonidan, bundan savdo ob’ekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualarining (bozorlarning) va yarmarka pavilonlarining hududida joylashgan hollar mustasno;
• ular texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmasa;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji va chakana minimal narxlardan past narxda sotish;
• ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini beradigan tarzda aniq markirovkalanmagan bo‘lsa;
• donalab, qutisiz (o‘rovsiz) holda — tamaki mahsulotiga nisbatan;
• ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa;
• aksiz markalari bilan markirovkalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan, shuningdek, bunday mahsulotni yetkazib berish huquqiga ega bo‘lmagan yoki yetkazib berishni qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirgan yetkazib beruvchidan olingan bo‘lsa, realizatsiya qilish mumkin emas.
Alkogol va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi yigirma bir yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishni rad etishi shart.
Qonunning amaldagi tahririda bu 20 yosh etib belgilangan.
LiveBarchasi