Aliyev Zelenskiy bilan uchrashdi
Olam
−
16:23
6683Bugun, 22 yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi aloqalar, energetika sohasida hamkorlik hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilingan. Aliyev matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv Ukraina tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
“22 yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Davosda qarama-qarshi tomon tashabbusi asosida Ukraina Prezidenti Vlodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Suhbat davomida Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi aloqalar, energetika sohasidagi hamkorlik hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiy forumida Zelenskiy Rossiya bilan qurolli to‘qnashuvda Ukraina strategiyasi diplomatik yechimga intilish ekanini ta’kidladi. U Ukraina uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash zarurligini qayd etdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, “kuchli diplomatiya” mojaroni hal etish va Yevropada uzoq muddatli tinchlik uchun zamin yaratishga qodir.
LiveBarchasi