Aliyev Yevroparlamentni Armanistondan ham tajovuzkor deb aytdi

Olam

image
Aliyev Yevropa bilan Putinning “qonini qaynatadigan” memorandum imzoladi north_east

Aliyev Yevropa bilan Putinning “qonini qaynatadigan” memorandum imzoladi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yevroparlamentning qator a’zolarining urinishlariga qaramay, Yevropani Ozarbayjondan, Ozarbayjonni Yevropadan ajratib bo‘lmasligiga ishonch bildirdi. Bu haqda u bugun, 19 iyul kuni Bakuda Yevroparlamentning xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Devid Makallister boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi. 

“Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning kechagi tashrifidan xabaringiz bordir. Biz juda yaxshi suhbatlashdik. Bu Ozarbayjon va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi kengashi prezidenti Charlz Mishel Ozarbayjon va Armaniston munosabatlarini normallashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqda. U shu paytga qadar Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari va shaxsan o‘zi ishtirokida uchta uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Shunday qilib, bu juda ijobiy kontekst. Bularning barchasini hisobga olsak, Yevroparlamentning harakatlarini tushuna olmaymiz”, deydi Prezident. 

Ilhom Aliyev Yevropa parlamenti Ozarbayjonga nisbatan Armaniston parlamentidan ko‘ra ko‘proq tajovuzkor ekanini ta’kidladi.  

“Ba’zida bu rezolyutsiyalarni Armaniston parlamenti qabul qilgandek tuyuladi yoki arman lobbi guruhlari qandaydir ta’sir ko‘rsatadi. Aks holda tushunish juda qiyin. Men hayron bo‘lganimni aytganimda, aynan shuni nazarda tutdim”, deya tushuntirdi davlat rahbari. 

Makallisterga murojaat qilar ekan, davlat rahbari shunday dedi:  

“Siz bu rezolyutsiya uchun ovoz bermaganingizni bilaman. Ammo, afsuski, ko‘plab yevropalik parlamentariylar hech qanday sababsiz bizga hujum qilishdi. Vaziyat shunday. Biz haqiqiy dunyoda yashayapmiz, bu bizning tanlovimiz emas. Mening pozitsiyamni bilasiz. Mening pozitsiyam 2017 yildagi so‘nggi uchrashuvimizdan beri o‘zgarmadi. Biz Yevropa bilan yaqin munosabatlar o‘rnatishni istaymiz va qilayotgan barcha ishlarimiz, jumladan, men ta’kidlagan hamkorlikning ko‘zga ko‘ringan belgilari ham buni ko‘rsatadi. Ammo Yevroparlament shunday yo‘l haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, bu ularning tanlovi. Ammo ular bilishlari kerakki, ayrim deputatlar Yevropani Ozarbayjondan, Ozarbayjonni esa Yevropadan ajratib olishga urinishlariga qaramay, buning iloji yo‘q”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 mart kuni Yevroparlament Tog‘li Qorabog‘dagi madaniy meros yo‘q qilinayotgani haqida bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Qarorni 635 deputat yoqlab, ikki nafari qarshi ovoz berdi, 42 deputat betaraf qoldi. 

Unda qayd etilishicha, so‘nggi o‘ttiz yil ichida Ozarbayjon Naxichevandagi 89 arman cherkovi, 20 ming arman qabri va 5 ming qabr toshini vayron qilgan. 

Rezolyutsiyada armanlarning madaniy merosini yo‘q qilish Janubiy Kavkazda tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladigan Ozarbayjon hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan armenofobiya, tarixiy revizionizm va armanlarga nisbatan nafratning kengroq tizimli davlat siyosatining bir qismi ekanligi aytilgan. 

Hujjatda tarixiy-madaniy merosni muhofaza qilish, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mojaroni hal etish va Qorabog‘ maqomi tugallanishi masalalariga kengroq yondashish zarurligi ta’kidlangan. 

Qarorda, shuningdek, YUNESKO baholash missiyasi tashrifigacha arman merosi ob’ektlariga tegmaslik, arman va xalqaro ekspertlar bilan maslahatlashishga chaqiriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Evroparlament

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing