Aliyev va Pashinyan ham Trampni Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatmoqchi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan AQSH yetakchisi Donald Trampni Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Prezident Tramp Tinchlik uchun Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblayman”, degan Nikol Pashinyan yetakchilarning uch tomonlama nutqi chog‘ida jurnalistning savoliga javob berar ekan.

Tashabbus Ozarbayjon rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

“Bosh vazir Pashinyan va men Donald Trampga tinchlik mukofotini berish to‘g‘risida Nobel qo‘mitasiga qo‘shma murojaat yuborishga tayyormiz”, dedi u.

Ozarbayjon va Armaniston kecha, 8 avgust kuni AQSH vositachiligida AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv chog‘ida ko‘p yillik mojarolardan so‘ng ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantiruvchi va ularni o‘zaro munosabatlarni to‘liq normallashtirishga olib keladigan tinchlik bitimini imzolagandi. Trampning aytishicha, ikki davlat urushni to‘xtatish, diplomatik munosabatlarni ochish va bir-birining hududiy yaxlitligini hurmat qilish majburiyatini olgan. O‘zbekiston Tramp vositachiligidagi Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida muhim natijaga erishilganini olqishladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyun kuni Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Nobel Tinchlik mukofoti “faqat liberallarga berilgani uchun” shuncha urinishlariga qaramay,  uni olmasligi haqida o‘z fikrini bildirdi. Ushbu nufuzli mukofotni AQSHning bir qancha prezidentlari olgan, ularning eng oxirgisi 2009 yilda demokrat Barak Obama edi.

7 iyul kuni kechqurun Vashingtondagi Oq uyda davlat kechki ovqati paytida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Nikol Pashinyan Nobel' mukofoti Donald Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing