Aliyev O‘zbekiston ham manfaatdor bo‘lgan Zangezur koridori nega muhimligini tushuntirdi
Olam
−
19 Oktabr 2022
13330Naxchivan Muxtor Respublikasi va Ozarbayjonning g‘arbiy viloyatlari o‘rtasidagi Zangezur yo‘lagi butun mintaqani muhim transport va savdo markaziga aylantiradi. Bu fikrni bugun, 19 oktyabr kuni Bakuda bo‘lib o‘tgan ikki xalqaro ko‘rgazma ishtirokchilari oldida so‘zlagan nutqida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev aytdi.
Ozarbayjon rahbari Armaniston istilosiga qadar Qorabog‘ tarixan respublikaning rivojlangan mintaqalaridan biri hisoblanganini eslatdi.
“Tarixiy adolatni tiklab, o‘z mamlakatining hududiy yaxlitligini ta’minlagan Ozarbayjon aholisi allaqachon o‘z ona yerlariga, Qorabog‘iga abadiy qaytmoqda! Ozarbayjon uchun ustuvor vazifa bosqindan ozod qilingan hududlarni tiklash, Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurni mamlakatning rivojlangan go‘shasiga aylantirishdan iborat”, deydi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning barcha kuchlari ushbu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan.
Zangezur transport yo‘lagi Ozarbayjon loyihasi bo‘lib, undan Rossiya, Eron, Turkiya va boshqa qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham manfaatdor. U Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlaydi. Yangi yo‘lak Ozarbayjonning asosiy qismini Naxchivan bilan, Rossiyani esa Ozarbayjon va Armaniston orqali Turkiya bilan bog‘lashi kutilmoqda. Zangezur yo‘lagining ochilishi uchun Baku va Yerevan o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi, shuningdek, chegaralarni belgilash zarur.
LiveBarchasi