To‘qayev Aliyevni “Oltin burgut” ordeni bilan mukofotladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ilk bor rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyevni Qozog‘istonning yuksak mukofoti – “Oltin burgut” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

24 avgust kuni rasmiy uchrashuvdan so‘ng Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevni qutlar ekan, Prezident Ilhom Aliyev shunday degan: 

“Hurmatli janob Prezident, Ozarbayjonga xush kelibsiz. Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Ishonamanki, sizning tashrifingiz juda muvaffaqiyatli va do‘stona bo‘ladi, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari yangi yuksak bosqichga ko‘tariladi. 

Biz sizning tashrifingizga katta ahamiyat beramiz. Ishonchim komilki, tashrif natijalari juda yaxshi bo‘ladi”.

O‘z navbatida Qozog‘iston Prezidenti ham ko‘rsatilgan ehtirom uchun minnatdorlik bildirgan. 

“Avvalo, mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Mamlakatingizga Qozog‘iston Prezidenti sifatida ilk bor rasmiy tashrif bilan kelganimdan xursandman. Shubhasiz, bugungi tashrif men uchun alohida ma’noga ega. Bugungi muzokaralar natijasida bir qator hujjatlar imzolanadi. Ular ikki tomonlama hamkorlikni, Qozog‘iston-Ozarbayjon munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman”, deydi To‘qayev. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing