Aliyev rafiqasi bilan II Jahon urushi qahramonining qabrini ziyorat qildi
Olam
−
09 may 2021
6234Bugun, 9 may kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Birinchi xonim Mehribon Aliyeva fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni bo‘lgan Hazi Aslanov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda mamlakat Prezidentining rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon rahbari va uning rafiqasi yodgorlik poyiga gullar qo‘ygan va urushda halok bo‘lgan barcha Ozarbayjon o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirgan.
Ozarbayjon 1941 yil 22 iyunda butun Sovet Ittifoqi bilan birgalikda urushiga kirdi. Urush yillarida respublika frontni neft va neft mahsulotlari bilan ta’minlab turgan asosiy kuch bo‘lgan.
Urush yillarida Germaniya qo‘mondonligi Baku neft konlariga alohida e’tibor qaratdi. Kavkazdagi jang paytida ularning oldiga hattoki Baku hamda neft va gaz mintaqasini qo‘lga olish vazifasi qo‘yilgan.
Ozarbayjondan, ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 640 ming kishi frontga safarbar qilingan, shundan 350 mingdan ortig‘i Vataniga qaytmagan. Respublikada 77, 223, 271, 402 va 416 milliy o‘qchilar diviziyalari tuzilgan.
Yuz mingdan ziyod ozarbayjonliklar fashist bosqinchilarga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun SSSR ordenlari va medallari bilan mukofotlandi, ularning yuzdan ortig‘i Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.
LiveBarchasi