Aliyev Putin vayron qilgan joylarga yordam jo‘natdi

Olam

image

Ukraina tomonining murojaatiga javoban, bugun, 10 dekabr kuni Ozarbayjondan Ukrainaga, asosan, elektr jihozlaridan iborat navbatdagi gumanitar yordam yuki jo‘natildi. 

Ozarbayjon TIV qarori Ukrainaning ayrim hududlarini barqaror energiya ta’minotini tiklash maqsadida qabul qilinganini ma’lum qildi. 45 ta transformator va 50 donalik generatorlar partiyasi bo‘lgan yuk mashinalari Gobu energetika markazi hududidan chiqib ketdi. 

Vazirlikning xabar berishicha, yaqin kunlarda Ukrainaga ikkinchi avtomobil karvonini jo‘natish rejalashtirilgan. 

TIV shuningdek, urushdan jabr ko‘rgan va oila a’zolarini yo‘qotgan jami 90 ga yaqin ukrainalik bolalar tibbiy va ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya qilish uchun Ozarbayjonga olib ketilganini eslatdi. 

Irpin shahridagi harbiy harakatlar natijasida vayron bo‘lgan Zarifa Aliyeva nomidagi 12-maktab to‘liq tiklandi, turli gumanitar tadbirlar amalga oshirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing