Aliyev MDH sammitini zudlik bilan tark etdi

Olam

image

Avvalroq, Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragandi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitidan Rossiyadan Bakuga qaytadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Fojia munosabati bilan Ozarbayjon Prezidenti zudlik bilan Bakuga qaytmoqda”, deyiladi xabarda.

Qolaversa, Aliyev Ozarbayjon hukumati vakillaridan iborat delegatsiya Aqtauga tezkor ravishda borishi haqida topshiriq bergan va qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan. Shu bilan birga, Qozog‘iston Prezidenti samolyot halokatini tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishni buyurgan, unga Bosh vazir o‘rinbosari Bozumbayev rahbarlik qiladi.

Ma’lumot uchun, qulagan samolyot ichida 67 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Qozog‘iston FVVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 28 nafar yo‘lovchi omon qolgan. Samolyot yo‘lovchilaridan 37 kishi Ozarbayjon, 16 kishi Rossiya, 6 kishi Qozog‘iston va uch kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lganligi ta’kidlangan. Samolyotning qulashiga qushlar galasi bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing