Kurs UZS

USD

12 964.43

-30.16

EUR

14 744.45

-17.4

RUB

158.28

0.6

Aliyev Erdo‘g‘anni yo‘qlab bordi

Olam

image

Bugun, 5 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Anqaraga amaliy tashrif bilan bordi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Anqaradagi “Esenbog” aeroportida Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.

Davlat rahbarini Turkiya Moliya vaziri Mexmet Shimshek va boshqa rasmiylar kutib olgan.

Shundan so‘ng, Ilhom Aliyev davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan ham uchrashgan. Ikki o‘rtada muzokaralar boshlangani va yetakchilar dunyodagi dolzarb voqealar yuzasidan fikr almashishi kutilayotgani ham qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov, Qozog‘istonning “KazMunayGaz” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Asxat Xasenov va “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Bahodir Sidiqovni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing