Aliyev Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga Bartin viloyatidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlashda o‘nlab kishilarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

“Bartin viloyatidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlashda ko‘p sonli odamning halok bo‘lgani va jarohatlangani haqidagi xabardan chuqur hayratda qoldim. Biz qayg‘uni to‘liq baham ko‘ramiz, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun turk xalqiga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi Ozarbayjon rahbari maktubida. 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov ham turk xalqiga hamdardlik bildirdi. 

“Bartindagi portlashda halok bo‘lganlarning ruhlari shod bo‘lsin. Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman. Vayronalar ostida qolganlarning ham najot topishiga umid qilaman”, deb yozdi Bayramov Twitter’da. 

Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra mintaqasidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 28 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 oktyabr kuni kuni Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahridagi ko‘mir konida, 300 metr chuqurlikda portlash yuz berdi.

Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, portlash transformator nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ammo keyinroq agentlik bu ma’lumotni rad etib, favqulodda holat sabablari hali aniqlanmagani haqida bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiyada portlash

Baholaganlar

43

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing