Aliyev Armanistonni “iflos” harakatlardan tiyilishga chaqirdi

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston rahbariyatini va Yerevan ortidagi ayrim davlatlarni “iflos” harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda Prezident 18 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan Ozarbayjon xalqiga Terter tumani Talish qishlog‘idan qilgan Murojaatnomasida aytgan. 

“Afsuski, bugun Armaniston Ikkinchi Qorabog‘ urushidan hali saboq olgani yo‘q, chunki Armanistonda revanshist kuchlar bosh ko‘targanini ko‘ryapmiz”, deydi davlat rahbari. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston yana Ozarbayjonga qarshi hududiy da’volarni davom ettirmoqda.

“Biz Armaniston rahbariyatini bu nopok harakatlardan voz kechish haqida ogohlantiramiz. Bu yerdan – ozod qilingan Talish qishlog‘idan biz Armanistonning orqasida turgan ba’zi davlatlarni bu nopok harakatlardan saqlaninglar, deb ogohlantiramiz. Hech qanday tashqi kuch Ozarbayjon davlati, xalqi irodasiga ta’sir qila olmaydi”, deydi Aliyev. 

Prezident 30 yildan beri Baku barcha xalqaro tashkilotlarda ishg‘ol munosabati bilan o‘z adolat ovozini baland ko‘tarib kelayotganini, afsuski, hech bir tuzilmadan hech qanday munosabat bildirilmaganini eslatdi. 

“Aksincha, Qorabog‘ mojarosida ishtirok etgan vositachilar mojaroni hal qilmaslikka, balki muzlatib qo‘yishga harakat qildi. Endi Ikkinchi Qorabog‘ urushidan ikki yarim yil o‘tib olingan yangi ma’lumotlar buni yana bir bor tasdiqlaydi”, deydi davlat rahbari. 

Aliyev Ozarbayjonning huquqlari jang maydonida tiklaganini ta’kidladi.  

“44 kun ichida biz nafratlangan dushmanni o‘z yurtlarimizdan quvib chiqardik va Qorabog‘da Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘tardik. Bu Ozarbayjonning ko‘p asrlik tarixidagi eng yorqin sahifadir”, deydi u. 

Bugun, 18 mart kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, uning rafiqasi Mehribon Aliyeva va qizi Orzu Aliyeva Terter viloyatiga safar qilgan. Davlat rahbari Talish qishlog‘ida Navro‘z gulxanini yoqib, ozar xalqini bayram bilan tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing