Aliyev Armaniston bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda Baydendan umid qilyapti

Olam

image

AQSH Baku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Prezident Jo Baydenga AQSH mustaqilligi kuni munosabati bilan yo‘llagan maktubida so‘z boradi.  

“Janubiy Kavkazda barqaror tinchlik va iqtisodiy taraqqiyot o‘rnatish uchun qulay sharoitlar yaratilgan bir paytda, biz Qo‘shma Shtatlar Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish, aloqalarni yo‘lga qo‘yish, odamlar o‘rtasidagi muloqotni boshlashda muhim rol o‘ynashi mumkinligiga ishonamiz”, deb yozadi Aliyev. 

Ozarbayjon Prezidenti AQSH bilan ikki tomonlama hamkorlikka to‘xtalar ekan, bu hamkorlik ikki tomonlama va ko‘p tomonlama miqyosda muvaffaqiyatli davom etayotganini ta’kidlagan. 

“Mamlakatlarimiz o‘rtasida energiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yaqin hamkorlik, biz amalga oshirayotgan yirik transmilliy loyihalarda Qo‘shma Shtatlarning bevosita ishtiroki va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani muvaffaqiyatimizning asosiy omillaridandir”, deyiladi tabrikda.  

Aliyev, shuningdek, Ozarbayjon va AQSH o‘rtasidagi energiya,  avfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohalarida hamkorlikning “namunali xususiyatiga” urg‘u berdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Jo Bayden

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing