Maddohlik bajarmagan ishni gapirishdir – Shuhrat G‘aniyev
Jamiyat
−
25 iyun 2020
12455Maddohlik bajarmagan ishni gapirishdir – Shuhrat G‘aniyev
Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x anklav hududining Chashma qishlog‘ida qo‘shni Qirg‘iziston fuqarolari bilan yuz bergan to‘qnashuvlarni “So‘x voqeasi” deb atash noo‘rin. Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bugun So‘xdagi voqealar va viloyatdagi ishsizlik bo‘yicha savollarga javob berib, shunday fikr bildirdi.
“Anklav hududda bo‘lgan kishi albatta, uning muammolarini yaxshi biladi. Chashmadagi holatni So‘x voqealari deb atalishiga qarshiman. Biz qirg‘izlar bilan doimo do‘st va inoq bo‘lganmiz. Ayni kunlarda So‘xda juda katta ishlar boshlangan. Birgina so‘xlik yoshlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun 500 ta kvota ajratilganligining o‘zi ham katta voqeadir. Ertaga shu oliy ma’lumotli kadrlar tumanga kelib, mehnat qiladi. Taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi. Tumanda hozirga qadar 2 ming 500 dan ortiq ishsizlarning bandligini ta’minlashga erishildi.
Ishsizlik har qadamda uchrashi mumkin. Hayotda birovga yukim tushmasin deydiganlar ham ko‘p. Asosiysi, ish va daromad topish insonni o‘ziga bog‘liq. Yaqinda internetda Farg‘ona viloyatida 84 mingdan ortiq ishsiz xotin-qizlar bor, degan xabar tarqaldi. Ammo bu hech qanday asosga ega emas. Ishsizlikni bartaraf etish bu kambag‘allikni qisqartirish deganidir. Viloyatimizda har yili 60-65 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Demak, oldimizda katta vazifalar bor”, dedi G‘aniyev.
Viloyat hokimi maddohlik haqidagi savolga ham javob qaytarib, o‘zining shaxsiy prinsiplari borligini ham aytib o‘tdi.
“Maddohlik bajarmagan ishni gapirishdir. Mani o‘z prinsipim bor. Kam gapirib, ishda o‘zini ko‘rsatish kerak. Qaysidir ishni bajarib tashlayman degan va’dalarga ishonmayman. Barcha ishlar so‘zda emas amalda bo‘lishi kerak”, dedi Farg‘ona viloti hokimi.
LiveBarchasi