Mineral suv iste’moli infarkt va insultga olib kelishi aytilmoqda
Bu qiziq
−
21 yanvar 2020
10974Diyetolog shifokorlarning aniqlashlaricha, mineral suv ichish inson salomatligiga zarar keltirishi mumkin. Bu haqda “Vechernyaya Moskva” gazetasi yozmoqda.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, tuzning konsentratsiyasi darajasi farq qiladigan uch xil mineral suv mavjud. Bularga oshxona, davolash va davolash-oshxona mineral suvlari kiradi.
Ta’kidlanishicha, oshxona mineral suvini kuniga 2 litrgacha iste’mol qilish mumkin.
Shifobaxsh mineral suvini esa faqatgina tibbiy ko‘rsatmalarga asoslanib ichish mumkin.
“Kalsiy miqdori yuqori bo‘lgan suvni o‘ylamasdan ichish buyrak toshlarini qo‘zg‘atishi mumkin”, deydi shifokorlar.
Mineral suvni haddan tashqari iste’mol qilish tufayli qondagi kalsiy miqdori oshishi mumkin. Bu - giperkalsiyemiya deyiladi. U qon ivishini kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, infarkt va insultga olib keladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi