Suyaklarni mustahkamlovchi 5 ta muhim mahsulot

Salomatlik

image

Insonning harakatlanishi uchun eng muhim vosita bu suyak hisoblanadi. Afsuski keyingi paytlarda inson suyaklarining murtlashishi yoki sinish holatidan keyin qayta tiklanishi jarayonlari cho‘zilib ketmoqda. Hozir e’tiboringizga inson tomonidan iste’mol qilinganda uning suyaklari uchun juda foydali bo‘lgan 5 ta mahsulotni keltirib o‘tmoqchimiz.

Sardina

Sardina baliqlari tarkibidagi sog‘lom omega-3 yog‘lari suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, bu baliq tarkibida kalsiy moddasining organizm uchun foydali xususiyatlarini oshiruvchi D vitamini ham mavjud.

Ismaloq

Yashil bargli sabzavotlar, shu jumladan ismaloq ham kalsiyning tabiiy manbasi hisoblanadi. Ismaloq tarkibida aynan suyak uchun foydali bo‘lgan ozuqa moddalar – magniy, K vitamini, S vitamini va fitonutriyentlar mavjud.

Yong‘oqlar

Yong‘oqlar guruhiga kiruvchi pista, bodom va yong‘oqlar suyaklar mustahkamligini ta’minlovchi katta miqdorda magniy, kalsiy, omega-3 yog‘lari va B6 vitaminlaridan tashkil topgan.

Tuxum

Suyaklar uchun muhim hisoblanuvchi kalsiy va D vitaminlari manbalaridan yana biri tovuq tuxumidir.

Qora olxo‘ri qoqi

Qora olxo‘ri qoqi tarkibida yosh o‘tishi bilan organizmda yuz beradigan suyak to‘qimasini yo‘qotish jarayonini sekinlashtiruvchi antioksidantlarning bir turi – polifenollar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Suyak Salomatlik

Baholaganlar

656

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing