Alisher Qodirov parlament deputatligiga saylandi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
7701“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov kecha, 5 yanvar kungi takroriy ovoz berish natijalariga ko‘ra Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
Alisher Qodirov nomzodi Jizzax viloyati 36-Paxtakor saylov okrugidan ko‘rsatilgandi. U takroriy ovoz berishda 1717 nafar saylovchi Qodirovni qo‘llab-quvvatlagan.
Ushbu okrugga 4 ta tuman – Paxtakor, Sharof Rashidov, Zafarobod va Zarbdor tumanlari kiradi.
Unga raqiblik qilgan O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Gulzoda Zuhurovani esa 99 nafar saylovchi qo‘llab-quvvatlagan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Qodirov 22 dekabr kungi saylovlarda yetarlicha ovoz to‘play olmagan (31 foiz) va shu sababli, takroriy ovoz berish jarayoni natijalarini kutishiga to‘g‘ri kelgan edi.
LiveBarchasi