Alimentdan qarzi bor erkak pichoqlagan ayolning ahvoli haqida ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 3 nafar farzandi uchun aliment pulini to‘lamay kelayotgan erkak Majburiy ijro byurosida sobiq turmush o‘rtog‘ini pichoqlagani haqida xabar bergan edik.

Toshkent viloyati hokimligi pichoqlangan ayolning salomatligi haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 sentyabr kuni Yangiyo‘l tibbiyot birlashmasiga 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.A. sobiq turmush o‘rtog‘i bilan MIB bo‘limidagi kelishmovchiligi oqibatida badaniga yetkazilgan og‘ir tan jarohatlari bilan tez tibbiy yordam mashinasida qabul bo‘limiga olib kelingan.

“Bemor ko‘zdan kechirilganda hushini yo‘qotgan, qo‘lida, badanida kesilgan jarohatlar mavjudligi, tashqi qon ketish alomatlari kuzatilib turgani sabab zudlik bilan jarrohlik amaliyotiga olindi. Amaliyot davomida ko‘zdan kechirilganda bemorda qon tomirlari uzilishi aniqlangani hisobga olinib, respublika qon-tomir jarrohlari yordamga chaqirildi.

O‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemor umumiy reanimatsiya bo‘limida davo muolajalarini olmoqda. Unda nisbatan ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Yengil karaxtligi bor, yengil harakatlarni bajarishni boshlagan. Sog‘lig‘i to‘laqonli tiklanmagani sababli sun’iy nafas oldirish apparatida qolmoqda. Bemor belgilangan standartlar asosida davolanmoqda”, deydi tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limi mudiri Sattor Yusupov.

Ma’lumot uchun, erkak joriy yil 10 sentyabr holatiga 11 million 864 ming so‘m aliment to‘lashi kerak bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing