Ali Xomanaiyning bevasi vafot etmagan – OAV

Olam

image

Eronning marhum oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning bevasi omon qolgan, uning o‘limi haqidagi ma’lumotlar esa xato bo‘lib chiqdi. Bu haqda ma’lumot manbasini aniqlashtirmagan holda Eronning “Fars” axborot agentligi xabar berdi.

“Inqilob rahbarining rafiqasi hayot ekanini va uning vafoti haqidagi dastlabki ma’lumotlar noto‘g‘riligi ma’lum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy vositalari sobiq oliy rahbarning bevasi Mansur Xojasta Bag‘irzoda jarohatlanganidan bir necha kun o‘tib vafot etgani haqida xabar bergan edi. Muxolifatdagi “Iran International” telekanali esa ayol koma holatida ekanini da’vo qilgan.

Xomanaiyning bevasi 79 yoshda bo‘lib, u AQSH va Isroilning Tehronga bergan qo‘shma zarbasi oqibatida yaralangan edi. Ayol 1947 yilda tadbirkor oilasida tug‘ilgan va 1964 yilda Xomanaiyga turmushga chiqqan. Mansur Xojasta Bag‘irzoda – Eron teleradiokompaniyasi sobiq direktor o‘rinbosari Hasan Xojasta Bag‘irzodaning singlisidir.

Ali Xomanaiyning o‘zi 28 fevral kuni ertalab o‘z ishxonasida o‘ldirilgan. Uning vafoti munosabati bilan mamlakat bo‘ylab 40 kunlik umumxalq motami va 7 kunlik umumxalq dam olish kunlari e’lon qilindi. Shuningdek, Eron hududiga uyushtirilgan hujum chog‘ida Oyatullohning oila a’zolaridan to‘rt kishi – qizi, kuyovi, nabirasi va kelinlaridan biri ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ali Xomanaiy Mansur Xojasta Bag'irzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing