Ali Abdulaziz Getji va Maxachevning rejalarini ma’lum qildi

Sport

image

“Dominance MMA Management” rahbari Ali Abdulaziz Jastin Getji va Islam Maxachevning navbatdagi jangi haqida ma’lumot berdi. Abdulaziz bir vaqtning o‘zida Maxachev va Getjining menejeri hisoblanadi.

“Keyingi chempionlik jangi Jastin Getji ishtirokida bo‘ladi. Maxachev esa katta ehtimol bilan Benil Dariushga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Avvaliga ushbu jangini o‘tkazamiz, Getji esa may oyida kamar uchun kurashadi”, deydi Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 dekabr kuni amerikalik Dastin Pore UFC 269 turnirining asosiy jangida yengil vazn chempionligi uchun braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jastin joriy yilning 7 noyabrida o‘tkazilgan UFC 268 turnirida hamyurti Maykl Chandlerni mag‘lubiyatga uchratdi. Islam Maxachev esa 31 oktyabr kuni UFC 267 musobaqasida yangi zelandiyalik Den Xukerni nokautga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dastin Por'e Jastin Getji Islam Maxachev Charl'z Oliveyra Dominance MMA Management

Baholaganlar

95

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing