Alfraganus universiteti xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiyaga mezbonlik qildi

Biznes

Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekistonning Alfraganus universiteti hamda bir qator xorijiy universitetlar hamkorligida bo‘lib o‘tadigan “Bir makon – bir yo‘l: Imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.

Mazkur xalqaro konfrensiya 3-4 oktyabr kunlari poytaxt Toshkentda, 5-6 oktyabr kunlari esa Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘lishi kutilmoqda. Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa xalqaro darajada o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy, fan-ta’lim, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish hisoblanadi.

Alfraganus universiteti rektori Muhammadismoil Mahmudovning so‘zlariga ko‘ra, konferensiyada xorijlik olimlar bilan birgalikda tibbiyot, raqamli texnologiyalar, turizm, arxitektura va dizayn, zamonaviy ta’limni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar sohalariga ko‘proq e’tibor berilgan.

“Alfraganus universiteti va Turkiyaning Najmiddin Erboqan universiteti o‘rtasida tashkillashtirilgan “Bir yo‘l – bir makon: Imkonmiyatlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tgan 2022 yilda ilk bor tashkillashtilgan edi. Mana shu ilmiy konferensiyada yigirmaga yaqin davlatlardan ekspertlar qatnashmoqda.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ahamiyati shundaki, respublikamizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda mamlakatdagi islohotlarni keng jamoatchilikda, xalqaro maydonda ko‘rsatishdan iborat. Bu konfrensiya amaliy bo‘layotgani hisobiga ko‘plab shifokorlar, tadbirkorlar, san’atkorlar, restoran biznesi bilan shug‘ullanadigan ko‘plab soha vakillari aynan shu yerga tashrif buyurdi. Bu amaliyotchilar bilan birgalikda seminarlar, master-klasslar o‘tab boriladi”, deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Alfraganus universiteti 30 ga yaqin xorijlik hamkorlarga ega bo‘lib, ular bilan ta’lim yo‘nalishida qator yangiliklarni amalga oshirish borasida shartnomalar imzolagan. Qolaversa, universitetning professor-o‘qituvchilari muallifligida 100 ga yaqin o‘quv qo‘llanma va ilmiy maqolalar nashrdan chiqarilgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur konferensiya qamrovi va geografiyasi ancha kengaygan. Xususan, konferensiyada O‘zbekistonning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda, dunyoning 150 ga yaqin – Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Chexiya, Shvetsiya, Latviya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Markaziy Osiyo hamda MDH davlatlaridagi nufuzli yetakchi oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, professor-o‘qituvchilari, taniqli olimlari ishtirok etmoqda.

Turkiyaning Najmiddin Erboqan universiteti Tashkiliy qo‘mita raisi Bilol Merjanning aytishicha, mazkur konferensiya nafaqat O‘zbekiston va Turkiya davlatlari, balki Buyuk ipak yo‘li bog‘lagan mamlakatlarni ta’lim tizimi orqali yanada birlashtirishga xizmat qiladi.

"O‘tgan yilgi konferensiyada 80 qatnashchidan 20 nafari onlayn ishtirok etgan edi. O‘shanda to‘rtta davlatdan mehmonlar kelgan bo‘lsa, bu yil ular ancha ko‘paydi. Oldimizga qo‘yilgan eng asosiy maqsadlarimizdan biri bu Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan mamlakatlarning muammolarini yechish. Biz bu yig‘ilishda tajriba almashgan holda yaxshi yutuqlarga erishamiz. Yig‘ilishimizdan yana bir maqsad o‘zaro kamchilik va yutuqlarimiz haqida suhbatlashishdir. Kitob chiqarish niyatimiz ham bor. Eng muhimi biz bu masalalarni konfrensiyada jonli muhokamalar orqali hal qilyapmiz", deydi u.

Mazkur anjumanning ikkinchi kuni 4 oktyabr kuniga rejalashtirilgan bo‘lib, unda mahalliy hamda xorijiy ekspertlar tomonidan “Globallashuv sharoitida iqtisodiy tizimlar va munosabatlar”, “Turizm sohasida o‘zgarishlarning zamonaviy xususiyatlari”, “Arxitektura va dizayn sohalarining rivojlanish istiqbollari” va boshqa bir qator mavzularda ma’ruzalar qilinishi kutilmoqda.

Ijtomoiy tarmoqdagi sahifalar:

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

Instagram'da yangiliklardan xabardor bo‘ling

YouTube'da bizni kuzatib boring


Maqola muallifi

Teglar

Alfraganus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing