Alvares Forlan va Grizmanning natijasini takrorladi

Sport

image

Madridning “Real” klubiga qarshi Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 1/8 finalidagi ilk derbida gol urgan “Atletiko Madrid”ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares XXI asrda “qirollik klubi”ga qarshi 2 ta turnirda gol urgan “Atletiko” futbolchilaridan biriga aylandi. Bu haqda “Opta Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Alvares “Real Madrid” bilan “Santyago Bernabeu”da XXI asrda barcha musobaqalarda ketma-ket ikki derbida gol urgan uchinchi “Atletiko” futbolchisi bo‘lgan. Bungacha xuddi shunday natijaga urugvaylik hujumchi Diyego Forlan 2010 yilda va fransiyalik Antuan Grizmann 2017 yilda erishgan.

“Real” va “Atletiko” o‘rtasidagi YeCHLning 1/8 finali doirasidagi birinchi uchrashuv 2:1 hisobida “qaymoqranglilar” foydasiga hal bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Alvares o‘tgan yozda “Manchester Siti”dan “matraschilar” safiga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

EChL Antuan Grizmann Real Madrid Sant'yago Bernabeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing