Alvares bo‘lajak jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Supero‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvaresning navbatdagi jangi 4 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda sport jurnalisti Maykl Benson o‘z sahifasida ma’lum qildi.

“Kanelo” o‘z chempionligini o‘rta vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi Jermall Charloga qarshi himoya qilishi kutilmoqda. Alvares bilan jangga ikkinchi nomzod meksikalik Xayme Mungiya hisobalandi.

Qayd etish joiz, Charlo bilan jang “Kanelo”ning 2024 yildagi maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, meksikalik bokschi yarim o‘rta vaznda WBO,WBA va WBC yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Terens Krouford bilan jang qilish niyatida,

O‘zining so‘nggi jangida “Kanelo” oktyabr oyida Jermell Charloni hakamlarning yakdil qaror bilan mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Kanelo Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing