“Al-Nasr” “Real” a’zosi uchun 100 million yevro to‘lamoqchi

Sport

image

Saudiyaning “Al-Nasr” klubi Madridning “Real” klubi himoyachisi, Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi germaniyalik “qaymoqranglilar” futbolchisiga to‘rt mavsum davomida 100 million yevrolik shartnoma taklif qilgan. Qayd etilishicha, futbolchi portugaliyalik mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan jamoa taklifiga hali javob berishga ulgurmagan.

Hozirda Riyod klubi a’zosi Emerik Lyaport La Ligaga qaytishni istayotgani va Ispaniya klublaridan biri bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani sababli “Al-Nasr” yangi markaziy himoyachi qidirmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Ryudiger “Real” safida barcha turnirlarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Al-Nasr Antonio Ryudiger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made