“Al-Nasr”ning yangi murabbiyi aniq bo‘ldi
Sport
−
06 iyul 2023 6431 1 daqiqa
Braziliyaning “Botafogo” klubi bosh murabbiyi Luish Kashtru tez orada Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi murabbiyiga aylanadi. Bu haqda “Goal.com” xabar berdi.
Shu yilning aprel oyida “Al-Nasr” fransiyalik murabbiy Rudi Garsiyani iste’foga chiqardi, keyinchalik u Italiyaning “Napoli” klubi bosh murabbiyiga aylandi.
61 yoshli portugaliyalik mutaxassis esa bungacha “Al-Duhail”, “Vitoriya Gimaraysh”, “Riu Ave” va “Penafiel” kabi jamoalarda ishlagan.
Qayd etish joiz, Luish Kashtruni “Al-Nasr”ning murabbiylik postiga kelishiga klubning 38 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu asosiy omil bo‘lgan. Aynan Ronalduning rahbariyatga talabi evaziga Kashtru Saudiya klubiga olib kelinadi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr