“Al-Qoida”ning navbatdagi yetakchisi yo‘q qilindi
Olam
−
07 fevral 2020
8987AQSH harbiy kuchlari “Al-Qoida” terrorchilik guruhining Saudiya yarimorolidagi yetakchisi Qosim al Raymiyni yo‘q qilishdi. Voqea Yamanda ro‘y bergan. Bu haqda Oq uy saytida keltirilgan.
Qosim al Raymiy “Al-Qoida”ning eng katta rahbari Ayman az Zavaxiriyning yordamchisi hisoblangan. U “Al-Qoida” Saudiya yarimorolida” terrorchilik tashkilotini tuzgan va unga rahbarlik qilgan. AQSH Prezidenti Donald Tramp buyrug‘i asosida tashkil etilgan kontrterror operatsiyasi vaqtida o‘ldirilgan.
Avvalroq, AQSH harbiy kuchlari “Al-Qoida” Saudiya yarimorolida” terrorchilik tashkilotiga zarbalar yo‘llagani xabar qilingan edi.
“Al-Qoida” – xalqaro terrorchilik tashkiloti bo‘lib, uning faoliyati O‘zbekiston va boshqa davlatlarda taqiqlangan.
LiveBarchasi