“Al Jazeera” xodimining G‘azoda o‘ldirilishi ortidan Xalqaro sudga arz qilmoqchi
Olam
−
17 dekabr 2023
4273Qatarning “Al Jazeera” telekanali operatori Samer Abu Dakka G‘azo sektorida ayanchli o‘lim topdi. Telekanal yuzasidan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Al Jazeera”ning tegishli bayonotida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, shu maqsadda “Al Jazeera” xodimlari va huquqshunoslardan iborat jamoa tuzilgan.
Xabarda aytilishicha, ish Falastin hududida faoliyat olib borayotgan telekanal xodimlariga qilingan hujumlar faktlarini ham o‘z ichiga oladi.
Samer Abu Dakka Isroil hujumi oqibatida yaralangan. Bu ham yetmagandek, Isroil harbiylari shifokorlar va tez yordam mashinalariga jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishga ruxsat bermagan, oqibatda u bir necha soatdan keyin vafot etgan.
Hodisa Xon-Yunus shahrida, ko‘chirilganlar joylashgan Farhan maktabi yaqinida sodir bo‘lgan. Abu Dakka bilan birga “Al Jazeera” telekanalining G‘azo sektoridagi muxbiri Val ed-Dahduh ham yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 dekabr kuni Isroil xavfsizlik kuchlari turk jurnalistini jarohatlagandi.
LiveBarchasi