“Al-Ittifoq” ustozi Messining Saudiyaga kelishiga ishonmoqda

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi bosh murabbiyi Antonio Kasorla PSJ hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

“Saudiyada Messi haqida ko‘p gapirilmoqda, nima bo‘lishini bilmayman, lekin Messini Osiyoga olib kelish uchun juda ko‘p mehnat qilish kerak. Muxlislar ham, OAV ham biror Saudiya klubi Messi bilan shartnoma imzolay olishiga ishonmoqda”, deydi Kasorla.

OAVda Messi yozgi transfer oynasida PSJni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Argentinalik futbolchining faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri bu “Barselona”ga qaytish hisoblanadi.

Argentinalik hujumchi 2021 yildan buyon PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Messi joriy mavsum parijliklar safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Al-Ittifoq”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing