“Al-Ittihod” murabbiyi lavozimidan ozod etildi
Sport
−
08 noyabr 2023
3068Portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini tark etdi. Bu haqda klub X sahifasida xabar berdi.
“Klub so‘nggi o‘yinlardagi natijalarni baholab bo‘lgach, portugaliyalik murabbiy Nunu Eshpiritu Santu bilan shartnoma bekor qilinganini e’lon qiladi. Jamoani keyingi o‘yinga tayyorlash bilan yordamchi murabbiy Hasan Xalifa shug‘ullanadi. Nunu Eshpiritu Santuga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz”, deyiladi "Al-Ittihod" bayonotida.
49 yoshli mutaxassis 2022 yil iyulida “Al-Ittihod” murabbiyligini qabul qilib oldi. Jamoa bilan Saudiya Arabistoni chempioni (2022/2023) va mamlakat Superkubogi (2023) sohibiga aylandi.
Qayd etish joiz, Saudiya klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvida Iroqning “Al-Quva” klubiga imkoniyatni boy berdi (0:2).