“Al-Ittihod” futbol tarixidagi eng yirik transferni amalga oshirmoqchi

Sport

image

“Liverpul”ning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida ingliz klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi transferiga hamon Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi Saloh uchun 200 million funt sterling (taxminan 234 million yevro) to‘lashga tayyor. Shu tariqa, “Liverpul”ning Salohni sotishi yangi jahon rekordini o‘rnatishi mumkin. Hozirda eng qimmat transferi Neymarning “Barselona”dan PSJga o‘tishi (222 million yevro) hisoblanadi.

Misrlik futbolchi 2017 yilda “Roma”dan “Liverpul”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Muhammad Saloh ingliz jamoasi safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

Ayni damda “mersisaydliklar” 2023/2024 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Yurgen Klopp shogirdlari hisobida 23 uchrashuvdan keyin 51 ochko bor.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made