“Al-Ittihod” 30 mln yevrolik transferni e’lon qildi

Sport

image

“Seltik” klubining portugaliyalik hujumchisi Jota Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda Saudiya klubi Matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transfer summasi 30 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchining Saudiya garandi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Shuningdek, “Transfermarkt” internet portalida, futbolchining taxminiy narxi 13 million yevro deb belgilangan.

Ma’lumot uchun, Shotlandiya klubi bilan eski shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha bo‘lgan Jota 2022/2023 yilgi mavsumda “Seltik” safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Jota Al-Ittihod Seltik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing