Al-Aqso masjidining barcha darvozalari yopib qo‘yildi
Olam
−
18 fevral 2019
12387Sharqiy Quddusning Eski shahar qismida joylashgan Al-Aqso masjidining barcha darvozalari Isroil politsiyasi tomonidan yopib qo‘yildi. Bu haqda Quddus Islom ma’muriyati vakili Firas Dibs yozma bayonotda ma’lum qildi, deb хабар berdi CNN.
Dibsning so‘zlariga ko‘ra, Isroil politsiya xodimlari Harom ash-Sharifdagi musulmonlarga ham hujum qilgan. Isroil politsiyasi hodisa haqida rasmiy axborot bermagan.
Isroil tomonidan okkupatsiya qilingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi musulmonlar uchun muqaddas hisoblanadi.
LiveBarchasi