“Al-Hilol” Neymar bilan shartnomasini bekor qildi
Sport
−
28 yanvar 3163 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi braziliyalik futbolchisi Neymar bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Rahmat va omad tilaymiz, Neymar”, deyiladi klub xabarida.
Qayd etilishicha, Neymar faoliyatidagi birinchi klubi hisoblanmish “Santos” bilan shartnoma tuzadi. Braziliya klubi tez orada Neymar transferini e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Neymar “Al-Hilol” safida barcha turnirlar doirasida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham samarali harakatni amalga oshirmadi. U Saudiyadagi faoliyatining aksar qismini jarohat sabab maydondan tashqarida o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Neymarni o‘z safiga qo‘shib olmasligi xabar qilingandi.
Live
Barchasi