Aktrisa Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi
Jamiyat
−
13 iyun
37601O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“Malika Qayumova teatr san’atida o‘ziga xos o‘chmas iz qoldirgan noyob iste’dod egasi, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi san’atkor sifatida qalblarimizda mangu yashaydi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Malika Qayumova 1954 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan. Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 1993 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bu teatrda Malika Qayumova yosh bo‘lishiga qaramasdan, onalar rolini ijro etib, teatr jamoasining ishonchini qozongan. Malika Qayumova o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollari va xarakterli obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etgan. U 2011 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etgandi.
LiveBarchasi