Aktyor Ravshan Jo‘rayev vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Ravshan Jo‘rayev 63 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda aktrisa va teleboshlovchi Mavluda Ahmedova Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

San’atkorning janozasi bugun, 15 yanvar kuni 17:00 da Toshkent shahridagi Sergeli dahasida bo‘lib o‘tadi.

Ravshan Jo‘rayev “Bobur”, “Chaqaloq”, “Qalb ko‘chalari”, “Shaytanat – jinlar saltanati”, “Buyuk sharaf”, “Kelin va kuyov” va boshqa filmlari bilan tanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 yanvarda “Bedana" qo‘shig‘i bilan tanilgan, “Toshkent” guruhining xonandasi Baxtiyor Sultonov 60 yoshida vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar