AKT sohasidagi o‘quv kurslari uchun ta’lim krediti ajratiladi

Jamiyat

image

Joriy yil oktyabr oyidan O‘zbekistonda yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq 2022 yil 1 oktyabrdan nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ta’lim kreditlari:

•    Markaziy bankning asosiy stavkasida (15 foiz);
•    BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
•    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta’lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.

2022 yil 1 noyabrdan IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning o‘quv kurslarida tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln so‘mgacha) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bunda iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing